AsosiyDunyo

Fidel Kastro “Xitoy nobeli”ni qo`lga kiritdi

Kuba revolyusiyasi etakchisi Fidel Kastro Xitoyda topshiriladigan “Konfusiy” mukofoti bilan taqdirlandi, deya xabar qilmoqda Agence France-Presse.

16 ekspert va olimlardan iborat komissiya g`olibni 20 kishi orasidan tanlab olishdi. Kastro Janubiy Koreya prezidenti pak Kin Xe va BMT Bosh kotibi Pan Gi Munni ortda qoldirib, 9 ta ovoz oldi.

“Xitoy nobeli” nomini olgan “Konfusiy” mukofoti 2010 yili biznesmen Lyu Chjisin tomonidan ta`sis etilgan. Mukofot tinchlikni saqlashga qo`shgan hissasi uchun beriladi va g`olib 100 ming yuan (15 ming dollar) miqdoridagi pul oladi. 2011 yili ushbu mukofot RF Prezidenti Vladimir Putinga topshirilgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar