AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik olimlar termitlarga qarshi kurashdagi yangi vositani ixtiro qilishdi

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, 2009 yilning o`zida O`zbekistonda termit deb atalmish hasharotlar 25 mingdan ortiq turar joylarni zararlagandi. Termitlar odam yashaydigan va yashamaydigan xonadonlar, qurilish elementlari, tarixiy obidalar, yodgorliklar, sanoat gidrotexnika inshootlarini vayron qilishlari mumkin. Ular xattokitemir yo`l shpallari va telegraf ustunlarini buzishlari, shuningdek, qog`oz, karton, to`mimachilik, teri, jun materiallarini ham ishdan chiqarishi, eb bitirishlari mumkin.

"AGROKIM" mas`uliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari termitlarga qarshi kurashish vositasiga oid foydali modelni ishlab chiqishdi. Mazkur model hasharotlarga, xususan, aynan termitlarga qarshi kurashishda qo`llanilganda yaxshi samara berishi mumkin.

Ushbu vosita oq tolning yaxlit yog`ochidan disk (tabletka) shaklida ishlab chiqarilgan. Ixtiro qilingan ushbu vosita ekologik talablarga javob bera oladi.

Fozilbek Nurjonov, Bahodir Toshpo`latov va Allabergan Nurjonovlarning mazkur foydali modeliga FAP 00960 raqamli davlat patenti berildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi rasmiy sayti xabar beradi.

    Boshqa yangiliklar