AsosiyJamiyat

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O`zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

Shu yilning 10 dekabr kuni O`zbekiston Prezidenti  Islom Karimov taklifi bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin O`zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi.

Yuqori darajadagi muzokaralar chog`ida Rossiya-O`zbekiston strategik sherikligining bosh masalalari, xususan, savdo-investisiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi sheriklik masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikka oid dolzarb muammolar, shu jumladan, Afg`onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashinishi ko`zda tutilgan.

Muzokaralar yakunlari bo`yicha qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. 

    Boshqa yangiliklar