AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida er qazish va ta`mirlash ishlari davom ettiriladigan ko`cha nomlari ma`lum qilindi

Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi huzuridagi “Obodonlashtirish ob`ektlarini nazorati” DUK tomonidan taqdim qilingan ma`lumotnomaga ko`ra, joriy yilning dekabr oyi yakunigacha quyidagi ko`chalarda er qazish va ta`mirlash ishlari davom ettirilishi mo`ljallanmoqda, deya xabar beradi uz24.uz nashri.

1. Yakkasaroy tumani, Glinka ko`chasida “MVD” OKS tashkiloti tomonidan SDS va Markaz uchun qurilish maydoniga er osti muhandislik tarmoqlarini yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning muddati - 2014 yil 13 dekabr

2. Yunusobod tumani, Sayilgoh ko`chasida Toshkent Davlat Yuridik Universiteti hududiga  SU-50  “12-Trest” tomonidan past kuchlanishli kabel tarmoqlarini yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning muddati - 14 yil 14 dekabr

3. Mirobod tumani, “Farg`ona yo`li” ko`chasida ”Toshelektroapparat” MChJ HK  tomonidan o`rta bosimli gaz yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning muddati - 2015 yil 10 yanvar

4. Shayxontohur tumani, Zulfiyaxonim ko`chasida “Aloqachi muhandis servis” MChJ   tomonidan telefon tarmoqlarida yuzaga kelgan buzilish bartaraf etilmoqda. Ishning muddati - 2014 yil 11 dekabr

5.  Shayxontohur tumani, Qoratosh (A.Xadjaev) ko`chasida “Star Master Grupp” MChJ tomonidan 1-ShKShga katta kuchlanishli kabel tarmoqlarini qayta yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning muddati - 15 yil 15 yanvar

Bu haqda Toshkent shahar hokimligining axborot xizmati xabar qilishicha, Toshkent shahar ko`chalari chorrahalariga tashqi kuzatuv kameralari o`rnatish maqsadida olib borilayotgan, shuningdek, turli sabablar tufayli avariya sodir bo`lganda amalga oshiriladigan tezkor sozlash, qazish va ta`mirlash ishlari bundan mustasno.

Hokimlik harakatlanish vaqtidagi noqulayliklar uchun oldindan uzr so`raydi.

 

    Boshqa yangiliklar