AsosiyDunyo

Shahzoda Uilyam va uning turmush o`rtog`i Nyu-Yorkka keldi

Nyu-Yorkdagi osmono`par binolardan biri 102 qavatli Empire State Building shahzoda Uilyam va turmush o`rtog`ining AQshga kelishi munosabati bilan yakshanba kuni kechqurun Britaniya bayrog`i rangida, ya`ni oq, qizil va ko`k rangga kirdi. Bino ma`muriyatining xabar berishicha, bu ranglar Kembrij gersogi va gersoginyasi ketguncha shunday turadi.

Mehmonlar Londondan British Airways kompaniyasi reysi orqali Jon Kennedi nomidagi aeroportga kelishdi.

Uchrashuv chog`ida jurnalistlar sentyabrda homilador deb e`lon qilingan gersoginya Keytni ko`rishga oshiqishdi.

    Boshqa yangiliklar