AsosiyDunyo

Insoniyat tarixidagi eng dahshatli kema falokatlari

BMT ma`lumotiga ko`ra dengizlar qa`rida 3 milliondan ortiq kemalar bor. Ularning ba`zilari janglarda, ba`zilar esa noqulay ob-havo, yana ba`zilari esa baxtsiz hodisalar sabab cho`kib ketgan bo`lsa, shuningdek ba`zilari ataylab cho`ktirilgan. AiF.ru insoniyat tarixidagi ba`zi dahshatli kema falokatlarini taqdim etmoqda.

1. Cho`kib ketgan eng mashhur kema “Titanik”dir. Ushbu kema falokati 100 yildan ortiq vaqt ichida hali ham tadqiqotchilarga tinchlik bermayapti. “Cho`kmas” deb nomlagan “Titanik” 1517 yo`lovchi va ekipaj a`zolari bilan suvga g`arq bo`lgan. Kema qoldiqlari 1985 yili topilgan bo`lib, ayni paytda YuNESKO himoyasida.

2. “Kosta Konkordiya”  inson ahmoqligiga qasida. Bu falokat 34 kishini hayotdan olib ketgan. Kema kapitani Skettinoning bandargohda amalga oshirmoqchi bo`lgan manevri bunga sabab bo`lgan.

3. MV Cougar Ace kemasi Yaponiyadan Vankuverga avtomobil olib kelayotgan bo`lgan, ammo u muvozanatni yo`qotgan va suvga sho`ng`igan.

4. “Prestij” bitta korpusli tanker, Bagam bayrog`i ostida suvda suzgan. Ushbu kema halokati sabab Evropa sohillarida ekologik falokat yuzaga kelgan. Tankerda yuzaga kelgan 35 metrlik yoriq sabab bir sutkada dengizga 1000 tonna mazut oqib ketgan.

5. American Star oken layneri 1994 yili xizmatdan olib tashlangan va Tailanddi o`zining yangi ishi, restoran vazifasini bajara boshlagan.

6. Hyundai Fortune konteyner tashuvchi kemada portlash sodir bo`lgan. Yana bir ma`lumotga ko`ra terakt qurboni ham bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar