Amerikalik mashhur beysbolchi Jo Di Madjioning Merilin Monroga yozgan sevgi xati Beverli-Xillzdagi auksionda 78, 1 ming dollarga sotildi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Jo di Madjio aktrisaning ikkinchi eri bo`lgan. Taxmin qilinishicha, ushbu maktub Monro ajrashish haqida e`lon qilgandan keyin yozilgan. Xaridor nomi ma`lum emas.
Shuningdek, auksionda Merilin Monroning uchinchi eri dramaturg Artur Millerga yozgan xati ham 43.7 ming dollarga sotilgan.
Monro 1962 yili 36 yoshida giyohvand moddani haddan ortiq iste`mol qilganligi sababli vafot etgan.
Bundan tashqari auksionga aktrisaning shaxsiy buyumlari hpam sotuvga qo`yilgan.





