Jorj Kluni oilasida birinchi jiddiy tortishuv boshlandi. 53 yoshli akter o`zining 36 yoshli turmush o`rtog`i Amal Alamuddinning advokati bilan farzand sabab tortishib qoldi, deya xabar qilmoqda letidor.ru.
Kluni farzand haqida orzu qilmoqda. Uningcha, avlod qoldirish vaqti keldi. Amal esa hali bolalar haqida gapirishga erta degan fikrda.
Xorijiy OAVda juftliklarga yaqin bir kishining so`zlari e`lon qilindi: “Ushbu masala yuzasidan bir qarorga kelish uchun juda qiyin. Jorj uni aldaganliklarini his qilmoqda, chunki to`ydan oldin u Amal bilan bu mavzuni muhokama qilgandi. Biroq Amal farzand ko`rishga qarshi emas, shunchaki u bunga ko`nikib olishni va shundan keyingina farzand ko`rish yoki asrab olish haqida o`ylab olmoqchi”.
Kluni farzandli bo`lishni shunchalik istamoqdaki, u hattoki kambag`al bir davlatdan bola asrab olishga ham tayyor.





