Yaponiyaning shimoliy-sharqida shu paytgacha kuzatilmagan kuchli qor yog`di. Tokusima prefekturasidagi Sikoku orolida falokat sababli halok bo`lgan ikki kishining jasadi topildi. Ular yo`qolgan deb hisoblangan bo`lib, ularni bir nechta vertolet qidirayotgan edi, deb xabar bermoqda TASS.
Prefekturadagi 200 ta uy yon-atrofdan uzilib qolgan. Ayni paytda jami 400 kishi qorga asir bo`lib turibdi. Qutqaruvchilar o`sha erlarga olib boradigan yo`llarni tozalash ishlarini olib bormoqda.
Bir sutka davomida Yaponiyaga rekord darajadagi qor yog`di. Xonsyu oroli g`arbida qor qalinligi 100 santimetrdan oshdi. Mamlakatning markaziy prefekturalari Fukui va Naganolarda 70 smdan balandroq. Exime va Tokusima prefekturalari chegarasida 130ga yaqin avtomobillar qor sabab yo`lda qolib ketgan, yo`lni tozalash uchun 10 soatdan ko`proq vaqt sarflandi.





