AsosiyJamiyat

Namangan bozorlarida sotilayotgan yong`in xavfsizligi talablariga javob bermaydigan uy isitish anjomlari yo`q qilindi

O`zbekiston Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasining Namangan viloyati bo`limi tomonidan hududdagi bozorlar faoliyatini yanada yaxshilash bo`yicha  qator sa`y-harakatlar olib borildi.

Shu yilning o`tgan davri mobaynida bo`lim xodimlari tomonidan viloyat bozorlari hududida 562 marotaba nazorat tadbirlari va 162 ta qisqa muddatli tekshirishlar o`tkazildi. Qisqa muddatli tekshirishlarda 162 ta holatda nazorat kassa mashinasidan foydalanmaslik, 96 ta holatda naqd pullarni bank kassasiga topshirmaslik, 110 ta holatda hisob-kitob terminallari orqali savdo tartibini buzish, 124 ta holatda – 453 million so`mlik kirim hujjatlarisiz mahsulot sotish kabi huquqbuzarliklar aniqlandi. Bu haqda uz24.uz nashri Davlat Soliq qo`mitasining axborot xizmati ma`lumotlariga tayanib, xabar beradi.

Shuningdek, bo`lim tomonidan Namangan sinov va sertifikatlash markazi, viloyat davlat sanitariya epidemiologiya markazi, viloyat IIB YoHXB, veterinariya boshqarmasi bilan hamkorlikdagi sa`y-harakatlar orqali sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari hamda yong`in xavfsizligi talablariga javob bermaydigan uy isitish anjomlari va moslamalari sotilishining oldini olishga erishilmoqda. Jumladan, joriy yilning o`tgan davrida 8 holatda qariyib 6 million so`mdan ortiq yong`in xavfsizligi talablariga javob bermaydigan uy isitish anjomlari va suyultirilgan gaz saqlash uchun mo`ljallangan idishlar daliliy ashyo sifatida olinib, sud qarorlari bilan yo`q qilindi.

    Boshqa yangiliklar