Arnold Shvarsenegger T-800 modelidagi kibork rolida qaytgan “Terminator: Genezis” filmining uzoq kutilgan treyleri paydo bo`ldi. Kartina voqealari biz bilgan filmlar bilan parallel ravishda haqqoniylikka aylanadi.
Film ijodkorlari uni asosiy syujetdan ajralib chiqqan deb atashmoqda. “Terminator: Genezis”ni tom ma`noda filmlarning davomi yoki uning remeyki deyish mumkin emas. Agar mish-mishlarga ishonadigan bo`lsak, fantastik jangari filmning asosida alternativ o`tmish va kelajak haqida hikoya qiluvchi tarix yotibdi. Arnold Shvarseneggerning so`zlariga ko`ra, film qahramoni vaqtlar aro sayohat qilish imkoniyatiga ega bo`ladi.
Filmning asosiy yuzlari yana o`sha Sara Konnor, Kayl Riz, Jon Konnor va Terminator T-800 bo`ladi.
Kayl Riz o`tmishga yuboriladi. Albatta, u borib tushgan joyda hammasi kelajakdan kelgan Jon Konnor o`ylagandek bo`lmaydi. Arnold Shvarsenegger jonlantirgan Terminator bolaligida etim qolgan Sara Konnorni himoya qilish uchun dasturlangan.
Kartina premerasi 2015 yil 2 iyulga belgilangan.





