Toshkent viloyat Ichki ishlar boshqarmasida “O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 22 yilligi munosabati bilan amnistiya to`g`risida”gi Qaror ijrosini ta`minlash yuzasidan seminar-kengash bo`lib o`tdi. Bu haqda uzreport.uz xabar bermoqda.
Seminar-kengash amnistiya haqidagi qarorning mazmun-mohiyati, uni qo`llash jarayonida ochiq-oshkoralik va jamoatchilik nazoratini ta`minlash, amaliyotda xatoliklarga yo`l qo`ymaslik, xodimlarning mas`uliyatini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda joriy yilgi amnistiya aktining avvalgilaridan farqi jihatlari, qarorda muqaddam avf etish yoki amnistiya tartibida jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan shaxslar yana jinoyat sodir etsa, ularga nisbatan bu qaror qo`llanilmasligi to`g`risidagi band kiritilganligi tushuntirildi.





