JARlik fuqaro dengiz sohiliga to`lqinlar oqibatida chiqib qolgan akulaning qornini yordi. Albatta, baliq bu paytda o`lik edi. Biroq e`tiborli bu odam akulaning homilador ekanligini sezdi va uning bolalari hali tirik bo`lishi mumkinligini o`ylagan.
Independentning yozishicha, akula Keyptaun plyajidan topilgan.
1 dekabr kuni e`lon qilingan videoni shu kungacha 160 ming martadan ko`proq tomosha qilishgan.
Izohda "Bu insonning barcha hayot ko`rinishlariga hurmatining ajoyib namunasidir” deb yozilgan.





