AsosiyDunyo

Pan Gi Munga "Yil gumanisti" mukofoti topshirildi

AQShning Garvard universiteti fondi tomonidan BMT Bosh kotibi Pan Gi Munga “Yil gumanisti” mukofoti topshirildi, deya xabar bermoqda uz24.uz.

“Ushbu mukofot nafaqat menga, balki tashkilotning minglab xodimlari, tinchlikparvar elchilari, huquq himoyachilari, shuningdek BMT g`oyalarini ilgari surayotgan barcha xodimlariga berildi”, - deydi Pan Gi Mun.

U o`z nutqida asosiy e`tiborni BMT yuzma- yuz kelayotgan asosiy tahdidlarga qaratdi. Uning aytishicha, insoniyat hozirda iqlim o`zgarishi, turli kasalliklar, ochlik, qashshoqlik, ommaviy qirg`in qurollarining tarqalishi kabi jiddiy muammolar bilan to`qnash kelmoqda.

Ma`lumot o`rnida shuni aytish kerak-ki, BMT Bosh kotibi davlat boshqaruvi bo`yicha Jon Kennedi nomidagi Garvard instituti bitiruvchisi hisoblanadi. Ungacha yana 3 nafar BMT Bosh kotiblari, ya`ni 1985 yilda Xaver Peres de Kuelyar, 1994 yilda Butros Butros-Gali va 1998 yilda Kofi Annan “Yil gumanisti” mukofotiga sazovor bo`lgan.

Ushbu mukofot sovrindorlari qatorida, shuningdek, Iordaniya qirolichasi Nur al-Huseyn, arxiepiskop Desmond Tutu, dizayner Tommi Xilfiger, pop-musiqachi Layonel Richi, aktrisa Sheron Stounlar bor. O`tgan yil ushbu mukofotga pokistonlik huquq himoyachisi Malala Yusufzai loyiq deb topilgan.

    Boshqa yangiliklar