Xitoyda yuqori mansabli amaldorning sevgilisi pora olganligi uchun besh yilga qamaldi. Hukmga yangi qarorga ko`ra, bu holatda nafaqar poraxo`rning o`zi, balki yaqinlari ham javobgarlikka tortilishi kerak degan o`zgartish kiritildi, deya xabar bermoqda The China Daily.
Sud Temir yo`l vazirligi transport byurosi muhandisining sobiq o`rinbosari Chjan Shuguanning sevglisi Lo Fey amaldorga 2 million yuan (322 ming dollar) miqdorida pora olishga ko`maklashganligini tasdiqladi. Bundan tashqari u ayolga temiryo`l truppasida 16 ming yuan to`lanadigan xonandalikni ham olib bergan, shuningdek mashina va soat sovg`a qilgan.





