Eaten Alive (“Tirik eyilgan" dasturini suratga olish jarayonida anakonda yutib yuborgan tadqiqotchi Pol Rozoli (Paul Rosolie) ilon qornida bo`lgan payti haqida gapirib berdi, deya xabar bermoqda lenta.ru. Bu NBC telekanalining Today shousida bo`lib o`tdi.
Anakonda ichida deyarli bir soat qolgan Rozolining aytishicha, bundan ko`zlangan maqsad Amazonka tropik o`rmonlarining yo`qolib ketishiga e`tibor qaratish edi.
“Oxirgi yodimda qolgani yuzimga yaqin turgan ilonning katta ochilgan og`zi edi. Keyin hamma tomon qorong`u bo`ldi”, - deydi tadqiqotchi.
Eaten Alive dasturi Discovery Channel telekanali orqali 2014 yil 7 dekabr kuni efirga uzatiladi.





