Sevara Nazarxon o`zining “Maktublar” (“Pisma" albomiga kiritilgan “Bu tushda” qo`shig`iga videoklip ishladi. Videoklipda 1986 yili ekranlarga chiqarilgan “Shahar va qo`shiq” (“Gorod i pesnya" filmi kadrlaridan foydalanilgan. Bu haqda uning shaxsiy sayti orqali xabar qilinmoqda.
Sevaraning o`zi bu klip haqida shunday deydi:
“Bu mening eng yaxshi qo`shiqlarimdan biri. Unga klipni doim dengiz bo`yida, xususan Qora dengiz yoki Anliyaning Brayton dengizida olishni xohlardim. Bir kuni “Shahar va qo`shiq” filmi kadrlariga ko`zim tushdi va tamom. Klip to`g`risidagi g`oyalarim o`zgardi”.
Qo`shiq matni O. Smith va P. Evlaxovlarga tegishli bo`lsa, rejisser T.Primqulovdir.





