“Oltin vodiy” mahallasida joylashgan “Qizilqum ko`rki” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga qarashli ko`p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar bilan Navoiy shahar hokimi Ne`matillo Axatov ishtirokida uchrashuv o`tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda hokimlikning mas`ul mutaxassislari, shirkat xodimlari, mahalla raisi va faollari ishtirok etdi.
Uchrashuvda shahar hokimi N.Axatov so`zga chiqib, aholi turar joylari, ko`p qavatli uylarda 2014-2015 yillarda kuz-qish mavsumini betalofat o`tkazish, binolarni mavsumga tayyorlash, obodonlashtirish ishlari yuzasidan o`z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, qatnashchilar “Qizilqum ko`rki” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan hudud aholisining qish mavsumiga tayyorgarligi, kommunal xizmatlarni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar namunali tashkil etilayotganligini ta`kidlab o`tishdi.
Muloqot davomida mahalla aholisi tegishli mutaxassislardan o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
03.12.2014 09:59





