AsosiyShou-biznes

Qirg`izistonda bo`lib o`tadigan IV-xalqaro kinofestivalda O`zbekistonlik yosh rejissyor ham ishtirok etadi

2014 yilning 12-15 dekabr kunlari Qirg`izistonning Bishkek shahrida qisqa metrajli filmlar IV-xalqaro kinofestivali bo`lib o`tadi. Mazkur festivalda tanlab olingan 13 ta qisqa metrajli film namoyish etiladi.

Festivalda O`zbekistondan Aziz Ahmedjonov o`zining “16-uy” filmi bilan ishtirok etmoqda. Film 1941-1945 yillar-halqimiz ongida bir umrga muxrlanib qolgan urushning mudxish kunlari, bolam deb dod solayotgan onalar faryodi, chimildiq ostonasidan urushga otlangan vatandoshlarimizning front ortidagi azoblari, iztiroblari, minglab oilalarga kelgan chora xatlar haqida xikoya qilinadi.

Film O`zbekiston Elektron Ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi ko`magi asosida suratga olingan.

    Boshqa yangiliklar