AsosiyDunyo

Britaniya bosh vazirini kaptar otayotganda qo`lga olishdi

Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron noodatiy ish bilan shug`ullanayotganda ko`zga tashlandi. Mamlakatning eng mashhur siyosatchilaridan birini o`rmonda yirik kaliberli miltiq bilan birga o`rmonda, kaptar otishayotganda ko`rishgan. Shunisi qiziqki, Kemeron ov qilayotgan joy Skotland-Yard tomonidan qurshab olingan edi, deya xabar beradi Metro.

Devid Kemeron doim ovga ishqivoz bo`lib kelgan, ayniqsa, bosh vazir bo`lgandan keyin bug`u ovlashni odat qilib olgandi. Biroq u o`zining sevimli ishini omma ko`z o`ngida qilmas edi. Bosh vazirning jonivorlarga qarata o`q uzganligi siyosiy jurnalist Alan Kokreyn maqolasidan so`ng jamoatchilikka ma`lum bo`ldi.

Kokreynning yozishicha, Kemeron ovga uni qo`riqlab turishlari uchun ataylab polisiya guruhini taklif qilgan. Uning so`zlariga ko`ra, siyosatchi bir nechta kaptarni otgan. "Bu uning obro`siga jiddiy putur etkazishi mumkin”, - deb yozmoqda jurnalist.

Kemeron hozircha Kokreyn maqolasiga o`z munosabatini bildirgani yo`q.

    Boshqa yangiliklar