AsosiyDunyo

Urugvaydagi prezidentlik saylovlarida Tabare Vaskes g`alaba qozondi

Bundan bir necha yil avval, aniqrog`i 2005-2010 yillarda Urugvayda prezidentlik qilgan, asli kasbi shifokor-onkolog bo`lgan 74 yoshli Tabare Vaskes bu yilgi saylovlarda yana bir bor g`alaba qozondi, deya xabar beradi TASS nashri.

2004 yilning oxirida o`tkazilgan prezidentlik saylovlarida u “Katta front” koalisiyasi namoyondasi sifatida qatnashib yutib chiqqandi. Shu bilan birga, mamlakatda ancha yillardan beri hukmronlik qilib kelgan konservativ ruhdagi “Kolarado” partiyasining siyosiy qarashlariga chek qo`ygan.

Kuni kecha yakunlangan navbatdagi prezidentlik saylovlari jarayonlarida urugvaylik saylovchilarning 97,6 foizi qatnashdi va ularning 53,4 foizi Tabare Vaskesga ovoz berishdi. Unga raqiblik qilgan, “Milliy partiya” (“Blanko”) ko`rsatgan nomzod, sobiq prezident Xose Muxikaning o`g`li 41 yoshli Luis Lakale Pouni esa 41,3 foizlik saylovchilar qo`llab-quvvatlashdi.

    Boshqa yangiliklar