Shimoliy Kaliforniyadagi Burger King tamaddixonasi menejer yordamchisi Saista Bakaula ko`k sumkani topib oladi. Bir muddat egasini qidirib, topa olmagach, sumka ichida uning xujjati yoki qo`l telefoni bormikin, degan fikrda u sumkani ochib ko`radi. Biroq sumka ichida na xujjat va na qo`l telefoni topilmadi. Sumkada 100 000 AQSh dollari hamda marixuana narkotik moddasi borligi aniqlandi, deya xabar beradi Day.Az nashri.
Ayni damda kuzatuv kameralari va boshqa dalillar o`rganilib, yo`qotilgan sumka kimga tegishli ekanini aniqlash ishlari olib borilmoqda.





