Amerikalik muhandis Kixi Seymur sport bilan shug`ullanmaydigan odamga ham soatiga 40 kilometr tezlikda chopish imkoniyatini bera oladigan Bionic Bootsni yaratdi.

Bunday tezlik hattoki, velosipedchi bilan musobaqalashishga ham imkon beradi. ushbu oyoq kiyimi yordamida faqatgina tekis yo`lda emas, balki baland-past joylarda ham chopish mumkin.

Ayni paytda muhandis o`z kashfiyotini yanada takomillashtirish ustida bosh qotirmoqda. Kelgusida uning tezligi soatiga 70 kilometrga oshirilishi mumkin. Bionic Bootsning bahosi 265 dollar.





