Moskvada Davlat dumasi deputatining yordamchisi halok bo`ldi. 32 yoshli Pavel Abakumov 18 qavatli uyning 14-qavatidan yiqilib halok bo`ldi. Ayni paytda vaziyat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bu o`z-o`zini o`ldirishmi yoki baxtsiz hodisami?
Vafot etgan odamdan uning depuptat Vladimir Vasilevning yordamchisi ekanligini tasdiqlovchi guvohnoma topilgan.
"Interfaks"ning xabar berishicha, “Sud, qonunchilik va huquq-tartibot organlarining o`zaro hamkorligi miliy fuqarolik qo`mitasi” ijrochi direktori hisoblanadi. U yana bir qator jamoat tashkilotlari rahbarlari tarkibiga kirgan va Rossiya jurnalistlar uyushmasi a`zosi hisoblanadi.





