Ekvadorda avtobus hamda yuk mashinasining to`qnashib ketishi natijasida 6 kishi halok bo`ldi va 58 kishi turli darajadagi tan jarohati oldi.
Mahalliy polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, YHH Sigchos shahriga ketish yo`lida sodir bo`lgan.
Huquq-tartibot organlarining fikriga ko`ra, avtobus trassadan chiqib ketgan va yuk mashinasiga borib urilgan. Avtobus qarashli bo`lgan transport kompaniyasi yo`lovchilarning ko`p qismini 12-14 yoshlardagi bolalar tashkil etganligini xabar bergan, deya ma`lum qilmoqda TASS.





