Anjelina Joli hamda Bred Pitt shundoqqina papprasi ko`z o`ngida janjallashib qolishdi. Ular yaqindagina baxtli oila sifatida omma oldida namoyon bo`lishan edi.
Bu voqea o`tgan haftada Avstraliyadagi mehmonxona balkonida sodir bo`ldi. Fotosuratchi esa ularni tezda suratga oldi. Er-xotin bir-biriga qarab baqirar, qo`llarini harakatlantirishardi. Keyin esa Bred balkonni tark etdi. Anjelina esa sigareta chekib, ko`zyoshlarini zo`rg`a ushlab turardi.
Yana bir ma`lumotga ko`ra, ular janjaldan keyin boshqa gaplashishmagan va Avstraliyani boshqa-boshqa samoletlarda tark etishgan. Anjelina Joli kuni kecha Londonda bo`lib o`tgan filmi premerasida yolg`iz ishtirok etdi.





