"The Daily Mirror”ning xabariga ko`ra, Orlandoning Florida shahrida dunyoda eng baland attraksion qurilmoqda. 174 metrli attraksionga "Skyscraper” ("Osmono`par imorat”) deb nom berishdi.
Hozirda mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan loyiha Floridaning "Skyplex” parkida "US Thrill Rides” kompaniyasi bilan hamkorlikda qad ko`tarmoqda. Bu kompaniyaning sarmoyalar hajmi 200 million dollarni tashkil etadi.
Mutaxassislar bu loyihani 2017 yilgacha tamomlashni rejalashtirishmoqda. Bu attraksionda soatiga 105 kilometr tezlikda sayr qilish mumkin. "Skyplex” parkining umumiy maydoni 46 ming kvadrat metrni tashkil etadi.
Manba:www.lenta.ru





