Ushbu sensasion voqea 2003 yili sodir bo`lgan edi. Tarixda birinchi marta siam egizaklari bir-biridan ajratildi. Hozir opa-singil Rezaxanovlar 23 yoshga to`lgan. Shu vaqt ichida ular doimiy ravishda shifokorlar ko`rigi ostida yashab kelishmoqda.
Gita kuchliroq, Zitaning sog`lig`i esa doim shifokorlarni tashvishga solib kelmoqda. Ikki yil oldin uning ahvoli yomonlashib bora boshladi. Hozir ular Bishkekdagi respublika milliy gospitalida davolanishmoqda.
- Qizim og`ir ahvolda, - deydi ularning onasi Zumrad. – O`tgan yili uning chap ko`zi ko`rmay qolgandi, hozir esa o`ngi ham yomon ko`ryapti. Uning ichki organlarida, xususan ichagida muammo bor, negadir ko`p suyuqlik to`planib qoladi. Oktyabr oyida qizimning yuragi to`xtab qoldi. Hamma muammo organizmning boshqachaligida bo`lsa kerak. Bizga faqatgina Moskvada yordam berishlari mumkin.
Avvalroq, opa-singillar xayr-saxovatli odamlar borligi uchun har yili Rossiyaga olib kelingan edi. Ular Qirg`iziston fuqarolari hisoblanishadi.
Ikkinchi egizak Gita o`zini yaxshi his qilmoqda.





