Farg`onalik fuqaro o`zining Damas rusumli avtomashinasida Jizzax viloyatining G`allaorol tumaniga bordi. Bu haqda O`zbekiston Ichki ishlar vazirligining «Postda» nashri xabar bermoqda.
Fuqaro mashinasini yo`l yoqasida qoldirib, tanishining uyiga kirib ketdi. Birozdan so`ng qaytib chiqqanida esa mashinasi joyida yo`q edi. Bu haqda u tezda IIBga xabar berdi.
Ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida «mashina ishqibozi» aniqlandi. Birovning mashinasini olib qochgan jizzaxlik shaxs endi qonun oldida javob beradi, deyiladi nashrda.





