Joriy yilning 14 noyabrida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Erkin Eminov «O`zeltexsanoat» AK boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda UzReport xabar berdi.
Erkin Eminov shu paytga qadar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Mashinasozlik, elektrtexnika va aviasiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri lavozimida ishlab kelgan.





