AsosiyJamiyat

Buxoro markazida er ostidan issiq suv chiqmoqda

Buxoro shahri markazida joylashgan Pedagoglar mahoratini oshirish instituti ro`parasidagi №13 maktabga olib boruvchi yo`lni shu atrofda yashovchilar hamda maktab o`quvchilari aylanib o`tishmoqda, deb yozmoqda Podrobno.uz. Birinchi sinf bolalarining aytishicha, yuqori sinf o`quvchilari o`tish yo`lini topishmoqda.

Er ostidan sizib chiqayotgan suv, albatta, yo`l sohibiga aylanib olgan va qachonlardir yam-yashil bo`lgan hududni botqoqqa aylantirgan. Ish shu darajaga etib bordiki, hattoki mashina haydochilari ham bu tomonga yurmay qo`yishdi.

Podrobno.uzning Buxoro viloyati bo`yicha muxbiri ushbu hududda bo`lib, qazilgan chuqurdan issiq suv chiqayotganligiga hamda atrofga oqayotganligiga guvoh bo`ldi. Guvohlarning so`zlariga ko`ra, bir necha kun oldin ishchilar bu erni tuzatishga urinishgan, biroq hammasi bekor ketgan. Suv kamaymadi, aksincha uylarning kirish qismigacha etib bordi va eng asosiysi, issiq suv oqimi yaqin atrofdagi axlatxonalarga yaqinlashib bormoqda. Agar muammo zudlik bilan hal qilinmasa, ushbu hududda sanitar-epidemiologik vaziyat xavf ostida qoladi. Shuningdek, odamlar maktabga boruvchi yo`lning yaqindagina ta`mirlanganligini afsus bilan ta`kidlashmoqda. Foydasi bo`lmadi.

Yangi yo`ldan bahra olmay turib, yana bir muammo.

    Boshqa yangiliklar