O`zbekistonda 20 noyabrdan 20 dekabrga qadar yong`in xavfsizligi oyligi o`tkaziladi. Bu haqda, “Gazeta.uz”ning ma`lum qilishicha, O`zbekiston IIV Yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bergan.
Ma`lumot uchun, oylik Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 noyabrdagi qaroriga asosan, har yili «kuz-qish isitish mavsumi oldidan yong`inlarning oldini olish hamda yong`in xavfsizligini ta`minlash chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida» o`tkaziladi.
IIVning “Postda” gazetasi ma`lumotlariga ko`ra, oylik davomida aholining keng qatlami orasida yong`in xavfsizligi choralarini ko`rish bo`yicha targ`ibot-tashviqot ishlari olib boriladi.
Bundan tashqari, mahallalar va odamlar ko`p to`planadigan joylarda, sanoat ob`ektlarida, o`quv va maktabgacha ta`lim muassasalarida aholi bilan uchrashuvlar o`tkazilishi ham ko`zda tutilgan.





