AsosiyJamiyat

Toshkentdagi maktablardan birining oldida svetoforning yo`qligi o`quvchilar hayotini xavf ostida qoldirmoqda

Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanidagi 207-maktab direktori Muslima Shodmonova o`quvchilar ishtirokidagi yo`l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida ko`p yillardan buyon YHXBga murojaat qilmoqda. Bu haqda Batafsil.uz xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 10 noyabr kuni maktab yonidagi piyodalar o`tish joyida Cobalt rusumli avtomobil 5-sinfda o`quvchi qizni urib ketgan. Ayni damda qo`l, oyoq va bosh suyagining ko`plab sinish belgilari bilan o`quvchi kasalxonaga joylashtirilgan.

«Mazkur o`tish joyida bolalarni mashina ostida qolishi birinchi holat emas. Gap shundaki, bu erda svetofor yo`q. Qizil bayroqcha bilan o`qituvchining navbatchilik qilishi ham yordam bermayapti», – deyiladi xabarda.

Qayd etishlaricha, svetofor o`rnatish haqidagi talablarga YHXB xodimlari maktabdan 50 metr narida svetofor borligi, demak faqatgina piyodalar o`tish joyi bo`lishi lozimligini ro`kach qilib, rad javobini berishmoqda.

«Natijada, bu erda bor-yo`g`i «zebra» o`rnatilib, «Ehtiyot bo`ling, bolalar!» belgisini qo`yish bilan kifoyalangan. Ilgari, YHXB xodimlarining ham navbatchiligini kuzatish mumkin edi. Ammo, o`quvchilar ota-onalarining aytishicha, ularni ancha vaqtdan buyon hech kim ko`rmagan», – deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar