Los-Andjelesda akterning sartaroshlik borasidagi debyuti o`tkazildi deya xabar bermoqda 7days.ru.
Jim Kerri Jimmi Kimmelning shousiga keldi. Dastur davomida mashhur komik rollar ijrochisi “Ahmoq va yanada yahmoq” filmidagi afsonaviy soch turmagini qaytarishga qaror qildi. Eslatib o`tamiz, Kerrining qahramoni sochi “tuvak tagi”da bo`lgan. Tez orada ushbu komediyaning ikkinchi qismi ekranlarga chiqadi.
Akterning 52 yoshli muxlislaridan biri tajribasiz sartaroshga tamoman ishondi va aynan Jimning qo`llaridagi qaychi harakatlaridan so`ng u kalga aylandi. Uning boshida faqatigan bir nechta tola qoldi xolos.





