AsosiySport

Valentin Kovalenko Eron-Janubiy Koreya o`yinini boshqaradi

FIFA referisi Valentin Kovalenko boshchiligidagi o`zbekistonlik hakamlar brigadasi 18 noyabr, seshanba kuni Tehron shahrida bo`lib o`tadigan Eron va Janubiy Koreya terma jamoalari o`rtasidagi o`rtoqlik uchrashuvini boshqaradi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etishlaricha, mazkur uchrashuvni boshqarib borish uchun o`zbekistonlik hakamlarni jalb qilish taklifi Eron Futbol Federasiyasidan tushgan.

Xabar berishlaricha, Tehron shahrida bo`lib o`tadigan uchrashuvda Kovalenkoga qanotlarda FIFA laynsmenlari Ma`mur Saidqosimov va Alisher Usmonovlar yordam berishadi.

    Boshqa yangiliklar