San-Marinoning futbol bo`yicha terma jamoasi Evropa — 2016 chempionati saralash bosqichi doirasida Estoniya bilan bahs olib bordi. Unda durang natija (0:0) qayd etildi va san-marinoliklarning 61 ta mag`lubiyatdan iborat ketma-ketligiga nuqta qo`yildi. Bu haqda «Sport-Ekspress» xabar bermoqda.
Estoniyaliklar bilan o`yinda erishilgan durang natija sharofati bilan San-Marino fubolchilari 1988 yilda FIFA va UEFAga qo`shilganidan buyon birinchi marta rasmiy uchrashuvlarda ochkoga ega bo`ldi. Ushbu terma jamoa tarixdagi yagona g`alabasini 2004 yilda Lixtenshteyn bilan (1:0) bo`lgan o`yinda qo`lga kiritgan edi.
FIFAning oktyabr oyidagi milliy termalar reytingida San-Marino eng past ko`rsatkich bilan so`nggi o`rinni egallagan. San-marinolik o`yinchilaring ko`pchiligi professional malakaga ega emas va yashash uchun futbol orqali pul topmaydi.





