AsosiyDunyo

Germaniyalik erkak polisiyachilar ko`z oldida o`zini portlatib yubordi

Germaniyaning Xomberg shahrida bir erkak o`z uyi yaqinida mashinasida o`tirib, portlovchi qurilmani harakatga keltirdi, deya xabar bermoqda Korrespondent.net.

Hodisa guvohiga aylangan mahalliy polisiyachilar aytishicha, voqea tufayli etti kishi jabrlangan.

Erkak oilaviy mojaro sababli o`z joniga qasd qilgan. Polisiya xodimlari qo`shnilar shikoyati tufayli etib kelgan bo`lgan. Ular oila boshlig`ining avtomobiliga o`tirib jo`nab qolganini, so`ng yana qaytib kelib, mashinasini uy yoniga to`xtatganini ko`rgan. Shundan so`ng portlash ro`y bergan.

Polisiyachilar so`zlariga ko`ra, mashinadan asar ham qolmagan, motorning bir parchasi portlash to`lqini tomonidan 30 metr nariga uloqtirilgan. Yaqin atrofda joylashgan uylarning old tomonlari zarar ko`rgan.

manba: daryo.uz

 

    Boshqa yangiliklar