Xitoyning Shandun provinsiyasida faoliyat ko`rsatuvchi sabzini qayta ishlash korxonasida sodir bo`lgan kamida 18 kishi halok bo`lgan, 13 kishi jarohat olgan va yana to`rt kishi bedarak yo`qolgan.
Falokat dushanba kuni kechasi Shouguan shahrida ro`y bergan, deya xabar bermoqda TASS. Yong`in sodir bo`lgan paytda korxonada 140 kishi bo`lganligi ma`lum qilinmoqda. Ayni paytda o`t o`chiruvchilar tomonidan yong`in bartaraf etildi, jabr ko`rganlar soni aniqlanmoqda.





