AsosiyJamiyat

O`zbek chegarachilari o`zbek-qirg`iz chegarasidagi hodisa tafsilotlarini oshkor qilishdi

2014 yil 13 noyabrda Namangan viloyatining Yangiqo`rg`on tumani Uzoq aholi punkti hududida (Qirg`izistonning Jalolobod tumani Padak Olabuloq tumani aholi punktining ro`parasida) o`zbek chegarachilari O`zbekiston Respublikasiga tovar-material ashyolar noqonuniy tarzda olib kirilishiga bo`lgan urinishga yana bir bor chek qo`yishdi, deya xabar bermoqda 12news.uz.  
O`zbekiston Respublikasi MHX Davlat chegarasini qo`riqlash qo`mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, qo`lga olinish paytida, quroldan ogohlantirish sifatida foydalanilganligiga qaramasdan, Davlat chegarasi buzuvchilari O`zbekiston Respublikasi chegara qismining qonuniy talablariga bo`ysunmagan.
Quroldan foydalanish natijasida qonunbuzarlardan biri Qirg`iziston fuqarosi, Qirg`izistonning Jalolobod tumani, Olabuloq tumani Padak aholi punkti yashovchisi, 1974 yilda tug`ilgan A. Nabiev o`qdan yaralandi. Operasiya paytida mazkur shaxs Yangiqo`rg`on markaziy tuman shifoxonasida hayotdan ko`z yumdi.
Voqea sodir bo`lgan joy ko`zdan kechirilgan paytda tovar-moddiy ashyolarning katta partiyasi topildi.
Ushbu fakt bo`yicha O`zbekiston Respublikasi qonun muhofazasi idoralari tomonidan jinoiy ish qo`zg`atildi.
Shuni aytib o`tish kerakki, yuqorida zikr etilgan fuqaro 2008 yildan o`zbek-qirg`iz Davlat chegarasi orqali turli tovar-moddiy ashyolarni noqonuniy o`tkazish bilan shug`ullangan.
O`zbekiston Respublikasi MHX Davlat chegarasini qo`riqlash qo`mitasi qirg`iz hamkasblarini o`zbek-qirg`iz Davlat chegarasida qonunbuzarliklarna yo`l qo`ymaslik uchun kerakli choralarni ko`rishgayana bir bor chaqiradi.

    Boshqa yangiliklar