AsosiyShou-biznes

Gollivud kinomukofotining bosh sovrini Devid Fincherning «Yo`qolgan qiz»iga nasib etdi

Hollywood Film Awards mukofoti tanloviga ko`ra, Devid Fincherning «Yo`qolgan qiz» kartinasi 2014 yilning eng yaxshi filmi deb topildi. Deadline xabariga ko`ra, eng yaxshi ssenariy (Gillian Flinn) uchun atalgan sovrin ham shu filmga nasib etgan.

Ikkinchi Jahon urushidagi nemislarning shifrlarini yo`qqa chiqarish tarixi haqida hikoya qiluvchi «Imitasiyalar o`yini» filmi uchta sovrinni qo`lga kiritdi – mukofotlarni film rejissyori Morten Tildum, matematik Alan Tyuring rolini o`ynagan aktyor Benedikt Kamberbetch va aktrisa Kira Naytli qo`lga kiritdi – Naytli ikkinchi darajali eng yaxshi ayol roli uchun taqdirlandi.

«Hali hamon Elis» filmidagi roli uchun Julianna Mur eng yaxshi aktrisa deb topilgan bo`lsa, «Ajdarhoni qanday qilib qo`lga o`rgatish mumkin-2» multfilmi eng yaxshi animasion filmga aylandi. Hollywood Film Awards’ning faxriy sovrini Maykl Kitonga taqdim etildi.

Hollywood Film Awards mukofoti 1997 yildan beri topshirib kelinadi. U mukofotlar mavsumini ochib beruvchi tadbir hisoblanadi. Mukofot 26 yo`nalishda taqdim etiladi, ularning 18tasi bevosita taqdirlash marosimida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar