O`zining kamtarona hayot tarzi bilan tanilgan Urugvay prezidenti Xose Muxika Volkswagen Beetle mashinasini 1 million dollarga sotmaslikka qaror qildi. Bu haqda Noticias24 xabar bermoqda.
Uning so`zlariga ko`ra, unda bunda avtomobillardan ikkita bor, biroq ulardan biri – 2010 yili do`stlari sovg`a qilgan mashina yurmaydi.
«Men ularni hech qachon sotmayman, chunki bundan do`stlarim xafa bo`lishadi, sababi ular menga sovg`a qilish uchun to`planib, harakat qilishgan», – dedi Urugvay prezidenti.
Avvalroq, ismi oshkor qilingan arab shayxi Urugvay prezidentiga tegishli 1987 yilda ishlab chiqarilgan Volkswagen Beetle’ni 1 million dollarga sotib olish istagini bildirgani ma`lum bo`lgandi.





