AsosiyDunyo

Qirg`izistonlik ayol Makkada o`g`il dunyoga keltirdi

Qirg`iziston musulmonlar idorasi haj bo`limi etakchi mutaxassisi Marat Usupov Qirg`iziston fuqarosi Gulnara Omurova Saudiya Arabistonining Makka shahrida o`g`il farzand dunyoga keltirganini ma`lum qildi, deb xabar bermoqda «Vecherniy Bishkek».

Turmush o`rtog`i Chingiz Imanbekov bilan haj ziyoratini amalga oshirgan Omurova hajdan keyin bir muddat Saudiya Arabistonida qolishga qaror qiladi. U farzandini oktyabr oyida dunyoga keltirgan. 15 kunlik qo`shimcha qolishning barcha xarajatlarini mezbon mamlakat ko`targan.

Qirg`izistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi Ilyos nomi berilgan bolaning tug`ilganligi haqidagi guvohnomani topshirgan. Ona va bolaning sog`lig`i yaxshi ekanligi va ular 14 noyabr kuni vatanlariga qaytgani ma`lum qilingan.

 

    Boshqa yangiliklar