AsosiyDunyo

Facebook asoschisi Mark Sukerberg turmush o`rtog`ini tanishuvlarining 11 yilligi bilan tabrikladi

Facebook ijtimoiy tarmog`i asoschisi Mark Sukerberg o`z sahifasida oilaviy suratlaridan tashkil topgan videoni e`lon qilish orqali turmush o`rtog`i Prissilla Channi tanishganliklarining 11 yilligi bilan tabrikladi. Bu haqda «Kun» xabar bermoqda.

«Bundan roppa-rosa 11 yil avval xuddi shu kuni men ajoyib qizni uchratgan edim», — deb yozadi Sukerberg. U oyoqda mustahkam turishi va hayotdan hayratlanib yashashiga yordam berayotgani uchun o`z turmush o`rtog`iga minnatdorchilik bildirdi.

O`z postiga qoldirgan izohda Facebook asoschisi ijtimoiy tarmoqning boshqa foydalanuvchilari ham maxsus sahifada o`z do`stlari uchun video tayyorlashlari mumkinligini eslatib o`tdi.

Ma`lumot uchun, Sukerberg 2010 yil oila qurgan. Uning xotini Chan pediatr bo`lib ishlaydi, ular 2004 yil Garvard universitetida o`qib yurgan vaqtlaridayoq tanishgan. Ularning to`yi Facebook aksiyalari bilan savdolar boshlanganidan bir kun o`tib bo`lib o`tgandi.

    Boshqa yangiliklar