AsosiyJamiyat

Parlamet saylovining OAVda yoritilishi O`zbekiston aholisining 90 foizini qoniqtirmoqda

«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o`rganish markazi tomonidan o`tkazilgan «Saylov-2014» so`rovida O`zbekistondagi bo`lajak parlament saylovlarining OAVda yoritilishi masalasiga ham e`tibor qaratildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

[box]Mavzuga doir:
O`zbekiston aholisining 90 foizi parlament saylovlari dekabrda bo`lishini biladi[/box]

Qayd etishlaricha, so`rovnomada ishtirok etganlar — erkaklar va ayollar, yoshlar, pensionerlar, shahar va qishloq aholisi, umuman, aksariyat fuqarolar uchun ommaviy axborot vositalari «O`zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotidagi voqealar haqida muntazam axborot etkazib beradigan asosiy manbadir».

«Aholining katta qismi mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy hayot, davlat va mahalliy hokimiyat organlari, siyosiy partiyalarning faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali muntazam kuzatib boradi», – deyiladi O`zA xabarida.

Tadqiqot natijalariga ko`ra, fuqarolarning aksariyat qismi (90 foizga yaqin) saylovoldi kampaniyasining qanday kechayotgani, siyosiy partiyalar faoliyati to`g`risida ommaviy axborot vositalari tezkor va sifatli axborot taqdim etayotganidan qanoat hosil qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar