AsosiyDunyo

Gruziyaning sobiq vaziri Bendukidze Londonda vafot etdi

Gruziya iqtisodiy rivojlanish vazirligining sobiq rahbari va ishbilarmon Kaxa Bendukidze 58 yoshida vafot etdi. Bu haqda, «RIA Novosti»ga asoslanib, «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Bir qator gruzin OAVlariga ko`ra, Bendukidze yurak xastaligidan Londonda vafot etgan.

1980-yillarning oxiridan to 2004 yilga qadar Bendukidze Rossiyada ishbilarmonlik faoliyati bilan shug`ullangan, xususan, «Birlashgan mashinasozlik zavodlari» («Ob`edinyonne mashinostroitelne zavod») xoldingi bosh direktori sifatida ishlagan.

2004 yili esa u Gruziya prezidenti Mixail Saakashvilining taklifi bilan Gruziya iqtisodiyot vaziri lavozimini egallagan va 2008 yilda iste`foga chiqqan edi.

    Boshqa yangiliklar