“Oskar”ning asosiy yulduzi qo`lida haykalcha bilan sahnadan yiqilib tushdi, deya xabar qilmoqda Unian.net nashri.
Aktyor Rami Malekka vrachlar yordami kerak bo`ldi.
“Bogema rapsodiyasi” filmi yulduzi Rami Malek “Oskar”ni “Eng yaxshi aktyor” sifatida olganidan so`ng sahnadan yiqilib tushgan.
Avvaliga Malek zaldagi kursiga o`tqizilgan, keyin esa vrachlar uni parda ortiga olib o`tishgan. Aktyorning ahvoliga izoh berilmadi.






