AsosiyJamiyat

O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi negizida «Mahalla» telekanali ochiladi

O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi negizida yangi «Mahalla» telekanali ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda «Daryo» nashrining milliy teleradiokompaniyadagi manbasi xabar bergan.

2014 yil 1 dekabrdan ishga tushirilishi ko`zda tutilgan yangi telekanal faoliyatining ilk davrida sutkasiga olti soatdan efirga chiqadi.

Yangi telekanalda mahalla hayoti haqidagi ko`rsatuvlar efirga uzatilishi rejalashtirilgan. Telekanal raqamli standart asosida tarqatilishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar