«O`zbekiston temir yo`llari» AJ uzoq masofalarda harakatlanuvchi poezdlarda yo`lovchilarga qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida chegirma va imtiyozlar joriy etdi.
Kompaniya matbuot xizmati xabar berishicha, yo`lovchilar Rossiya, Qozog`iston va Qirg`iziston hududlaridan o`tadigan xalqaro yo`nalishdagi poezdlarda mazkur chegirmalardan foydalanishi mumkin.
Muddatidan oldin chiptani xarid qilish vaqti bo`yicha quyidagilar belgilanadi:
- chipta poezdning jo`nash kunidan 45—41 kun oldin xarid qilinsa, SV va kupe vagonlar uchun 55 foiz;
- chipta poezdning jo`nash kunidan 40—31 kun oralig`ida xarid qilinsa, SV va kupe vagonlar uchun 45 foiz;
- chipta poezdning jo`nash kunidan 30—6 kun oldin xarid qilinsa, SV va kupe vagonlar uchun 35 foiz
- chipta poezdning jo`nash kunidan 45—41 kun oldin xarid qilinsa, plaskart vagonlar uchun 45 foiz;
- chipta poezdning jo`nash kunidan 40—31 kun oralig`ida xarid qilinsa, plaskart vagonlar uchun 35 foiz;
- chipta poezdning jo`nash kunidan 30—6 kun oralig`ida xarid qilinsa, plaskart vagonlar uchun 25 foiz.
Poezd jo`nashiga qancha kam vaqt qolishiga qarab chegirmalar ham kamayib boradi. Besh kun qolganda esa chiptalar belgilangan narxda sotiladi. Belgilangan chegirmalar mahalliy yo`nalishlarda joriy etilmaydi.
Yuqoridagi imtiyozlar, chegirmalar «O`zbekiston temir yo`llari» AJ, «Qazakstan temir jo`li milliy kompaniyasi» AJ, «Rossiya temir yo`llari» OAJ temir yo`li ma`muriyati bilan hamkorlikda amalga oshirilishi belgilangan.






