AsosiyJamiyat

​"O`zbekiston pochtasi"da yangi tayinlovlar amalga oshirildi

'​"O`zbekiston pochtasi"da yangi tayinlovlar amalga oshirildi'ning rasmi

"O`zbekiston pochtasi" AJda moliyaviy ishlari bo`yicha direktor, ishlab-chiqarish bo`yicha direktor, xavfsizlik ishlari bo`yicha direktor tayinlandi, deya xabar bermoqda kompaniyaning matbuot xizmati.

Rustam Dadamuhammedov "O`zbekiston pochtasi"AJ moliyaviy ishlar bo`yicha direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. R.Dadamuhammedov bundan oldin Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligida faoliyat yuritgan.

Otaboy Rahimov esa "O`zbekiston pochtasi" AJ ishlab chiqarish bo`yicha direktor vazifasini bajaruvchi, Baxtiyor Xoshimov xavfsizlik bo`yicha direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar