AsosiyJamiyat

2019 yilning 1 fevralidan 1199 qisqa raqami orqali “ishonch telefoni” ishga tushirildi

'2019 yilning 1 fevralidan 1199 qisqa raqami orqali “ishonch telefoni” ishga tushirildi'ning rasmi

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining aloqa, axborotlashtirish sohasida mavjud masalalar, muammolar yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini qabul qilish bo`yicha 2019 yilning 1 fevralidan 1199 qisqa raqami orqali “ishonch telefoni” ishga tushirildi. Xozirgi kungacha “Ishonch telefoni” orqali 67 ta murojaat kelib tushgan bo`lib, bulardan 33 tasi ijobiy xal qilingan bo`lib, 18 tasiga xuquqiy maslahat berilgan, 16 tasi ish jarayonida hal etilgan. Vazirlik tomonidan murojaatlar o`rtacha 10 kun muddatda ko`rib chiqilmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlikka 2018 yil mobaynida jami 5267 ta murojaat kelib tushgan bo`lib, shundan 3647 tasi ya`ni 69% murojaatlar ijobiy hal qilingan.

    Boshqa yangiliklar